Ginekologiya: Diagnostika, Davolash va Barcha Murakkab Operatsiyalar
Bizning markazimizda barcha turdagi murakkab ginekologik operatsiyalar zamonaviy tibbiyot standartlari asosida, yuqori aniqlik va xavfsizlik bilan amalga oshiriladi
Malakali mutaxassislarimiz ayollardagi turli ginekologik muammolarni aniqlash va davolashda individual yondashuv qo‘llaydi.
Bir martalik konsultatsiya uchun boshlang'ich narx
Narx mutaxassis va muolaja turiga qarab o'zgarishi mumkin
- Birinchi konsultatsiya bepul
- Tajribali mutaxassislar
- Onlayn yoki klinikada qabul
Muolajalar va xususiyatlar ro'yxati:
- Ayollar yallig‘lanish kasalliklari
- Hayz buzilishlari
- Bachadon va tuxumdon kasalliklari speral qo’yish va olish
- Homiladorlikni kuzatish
- Tug‘ruqdan keyingi holatlar
- Ayollar shamollashi
- Gormonal muammolar
- Ayol va erkak bepushtligi
- Homilador bo‘la olmaslik sabablari
- Gormonal muvozanat buzilishi
- Homiladorlikni rejalashtirish
- Bachadon miomasi
- Tuxumdon kistalari
- Endometrioz
- Poliplar
- Barcha Murakkab ginekologik operatsiyalar
- Shoshilinch jarrohlik holatlari
- Qiz bolalarda yallig‘lanish kasalliklari
- Tug‘ma nuqsonlar
- Hayz kechikishi yoki buzilishi
- O‘smirlik davridagi gormonal o‘zgarishlar hayz kelmasligi yoki ko’p kelishi
Xizmat ko'rsatish jarajonlari
Klinikamizda barcha tekshiruv va davolash jarayonlari zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida, xalqaro sifat standartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Har bir bemor uchun aniq tashxis va xavfsizlikni kafolatlaymiz.
NS Medical Ginekologiya jamoasi
NS Medical ginekologlar jamoasi zamonaviy tibbiyotning eng ilg‘or usullariga tayangan holda barcha turdagi murakkab ginekologik operatsiyalarni yuqori aniqlik va xavfsizlik bilan amalga oshiradi.
Biz bepushtlik muammolarini aniqlash va kompleks yondashuv asosida samarali davolashga ixtisoslashganmiz. Har bir bemor uchun individual diagnostika va davolash rejalari ishlab chiqiladi.
Bizning ustunliklarimiz:
- Zamonaviy va dunyo tan olgan diagnostika usullari
- Murakkab ginekologik operatsiyalarni professional bajarish
- Bepushtlikni aniqlash va kompleks davolash
- Integrativ yondashuv asosida individual terapiya
- Yuqori darajadagi professionalizm va aniqlik
Malakali shifokorlar jamoasi
Namuna Xasanovna
Akusher-ginekolog
Reproduktolog
Tibbiyot fanlari falsafa doktori (PhD)
10 yillik ish tajribasiga ega mutaxassis
Uchtepa filiali
Xurshida Zakirovna
Akusher-ginekolog
reproduktolog
10 yillik ish tajribasiga ega mutaxassis
Uchtepa filiali
Miraxmedova Shirin
Akusher-ginekolog shifokor
10 yillik ish tajribasiga ega mutaxassis
Beruniy filiali
Bonu Ulug‘bekovna
Akusher-ginekolog shifokor
7 yillik ish tajribasiga ega mutaxassis
Bunyodkor filiali
Maftuna Alisherovna
Akusher-ginekolog
UZD (ultratovush) tekshiruvlari mutaxassisi
10 yillik ish tajribasiga ega mutaxassis
Ibn Sino filiali
Dilfuza Baxtiyarovna
Akusher-ginekolog shifokor
15 yillik ish tajribasiga ega mutaxassis
Sergeli filiali
Mexribon Maqsetovna
Akusher-ginekolog
UZD (ultratovush) tekshiruvlari mutaxassisi
10 yillik ish tajribasiga ega mutaxassis
Beruniy filiali
Dildora Kamoliddinova
Akusher-Ginekolog
Jarroh Reproduktolog
15 yillik ish tajribasiga ega mutaxassis
Beruniy filiali
Ko'p beriladigan savollar (FAQs)
Ginekologik profilaktik ko'rikdan qanchada bir marta o'tish tavsiya etiladi?
Xalqaro tibbiyot standartlariga ko'ra, hech qanday klinik shikoyatlar bo'lmagan taqdirda ham, ayollar yiliga kamida bir marta to'liq ginekologik ko'rikdan (UZD, onkotsitologik surtma tahlillari va kolposkopiya) o'tishlari shart. Ushbu yondashuv yashirin patologiyalarni, jumladan onkologik o'zgarishlarni erta bosqichda aniqlash va to'liq asoratsiz davolash imkonini beradi.
Bepushtlik sabablarini aniqlash va davolash jarayoni qanday kechadi?
Agar muntazam, himoyalanmagan jinsiy hayot davomida 1 yil (35 yoshdan oshganlarda 6 oy) ichida homiladorlik yuz bermasa, bu to'liq diagnostika uchun asos bo'ladi. NS Medical markazida bepushtlik ethiologiyasi gormonal skrinning, GSG (bachadon naylari o'tkazuvchanligi rentgeni) va endoskopik tekshiruvlar orqali yuqori aniqlikda aniqlanadi. Bizning kompleks va integrativ yondashuvimiz tufayli davolash rejalari har bir bemor uchun individual tuziladi.
Bachadon bo'yni eroziyasi qanday usullar bilan bartaraf etiladi?
Bizning klinikada bachadon bo'yni patologiyalari eng zamonaviy, minimal invaziv usullar — radioto'lqinli va lazer koagulyatsiyasi yordamida davolanadi. Bu jarayon mutlaqo og'riqsiz bo'lib, patologik to'qimalarni chuqur kuydirmaydi. Eng muhimi, operatsiyadan so'ng chandiqlar qolmaydi, bu usulni tug'magan ayollar uchun ham mutlaqo xavfsiz qiladi.
Kista va miomalarni olib tashlashda qaysi jarrohlik usullaridan foydalanasizlar?
NS Medical klinikasida ginekologik operatsiyalarning mutlaq ko'pchiligi Laparoskopiya va Gisteroskopiya (katta kesmalarsiz, maxsus optik kameralar yordamida) usulida o'tkaziladi. Bu to'qimalar travmatizatsiyasini minimallashtiradi, operatsiyadan keyingi og'riq sindromini keskin kamaytiradi va bemorning 24-48 soat ichida odatdagi hayot ritmiga qaytishini ta'minlaydi.
Hayz siklining buzilishi xavflimi va uni davolash shartmi?
Ha. Siklning buzilishi, hayzning kechikishi yoki ko'p qon ketishi ko'pincha jiddiy gormonal muvozanat buzilishi, tuxumdonlar polikistozi (SKYA) yoki endometriy patologiyalari belgisidir. O'z vaqtida o'tkazilgan endokrin-ginekologik davolash kelajakdagi bepushtlik va onkologik xavflarning oldini oladi.