Proktologik Operatsiyalar: To'g'ri Ichak Kasalliklarini Zamonaviy va Og'riqsiz Davolash
NS Medical klinikasining jarrohlik va proktologiya bo'limi to'g'ri ichak hamda perianal soha kasalliklarini davolashda eng zamonaviy, kam invaziv va og'riqsiz jarrohlik usullarini taklif etadi. Tajribali proktolog-jarrohlarimiz bemorlarga tez va asoratsiz tiklanish imkonini beradi.
Bir martalik konsultatsiya uchun boshlang'ich narx
Narx mutaxassis va muolaja turiga qarab o'zgarishi mumkin
- Birinchi konsultatsiya bepul
- Tajribali mutaxassislar
- Onlayn yoki klinikada qabul
Muolajalar va xususiyatlar ro'yxati:
- Gemorroyni lazerli vaporizatsiya (LHP) va jarrohlik usulida davolash (gemorroidoektomiya)
- Anal yoriqlarni (orqa yo'l treshinasi) lazerli va jarrohlik yo'li bilan eksziziyasi
- O'tkir va surunkali paraproktit hamda anal oqmalarni (svish) operativ davolash
- Epitelial dumg'aza yo'lini (dumg'aza kistasi) olib tashlash
- To'g'ri ichak poliplari va havfsiz hosilalarini olib tashlash (polipektomiya)
- Anal soha papillomalari va kondilomalarini lazer/radioto'lqin usulida yo'qotish
- Kam invaziv, qonsiz va qisqa reabilitatsiya davriga ega operatsiyalar
Xizmat ko'rsatish jarajonlari
Klinikamizda barcha tekshiruv va davolash jarayonlari zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida, xalqaro sifat standartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Har bir bemor uchun aniq tashxis va xavfsizlikni kafolatlaymiz.
NS Medical Jarrohlik va Proktologiya Bo'limi
Proktologik kasalliklar insonning turmush sifatiga jiddiy ta'sir ko'rsatadigan va vaqtida davolanmasa og'ir asoratlarga olib keladigan patologiyalardir. NS Medical klinikasida 1998-yildan buyon proktologik operatsiyalar xalqaro standartlarga mos ravishda, zamonaviy yuqori texnologik uskunalar yordamida amalga oshiriladi.
Klinikamizda noinvaziv va kam invaziv usullarga (lazerli korreksiya, radioto'lqinli jarrohlik) alohida e'tibor qaratilgan. Bu usullar an'anaviy operatsiyalarga qaraganda og'riqsizligi, qonsizligi hamda bemorning operatsiyadan so'ng qisqa fursatda odatiy hayot tarziga qayta olishi bilan ajralib turadi. Har bir bemor uchun individual og'riqsizlantirish va operatsiyadan keyingi parvarish dasturi tuziladi.
Ko'p beriladigan savollar (FAQs)
Proktologik operatsiyalar og'riqlimi va anesteziya qanday qo'llaniladi?
Operatsiyalar zamonaviy mahalliy, spinal yoki umumiy anesteziya ostida o'tkaziladi. Bemor operatsiya jarayonida hech qanday og'riqni sezmaydi.
Gemorroyni lazer bilan davolashning afzalligi nimada?
Lazerli vaporizatsiya to'qimalarni kesmasdan gemorroidal tugunlarni kuydiradi. Bu usul qonsiz, tez va reabilitatsiya davri juda qisqa bo'lishi bilan ajralib turadi.
Operatsiyadan keyin shifoxonada qancha vaqt yotish kerak?
Aksariyat kam invaziv va lazerli operatsiyalardan so'ng bemor 1 sutka ichida yoki o'sha kunning o'zidayoq uyiga javob beriladi.