EKG (Elektrokardiografiya): Yurak Ritm va Elektrik Faoliyatini Diagnostika Qilish
NS Medical klinikasining diagnostika bo'limi zamonaviy elektro-kardiograf apparatlarida yurakning elektrik faoliyatini tezkor hamda yuqori aniqlikda tekshirishni taklif etadi. Tajribali kardiologlarimiz tomonidan elektrokardiogramma darhol shifrlanib, aniq xulosa taqdim etiladi.
Bir martalik konsultatsiya uchun boshlang'ich narx
Narx mutaxassis va muolaja turiga qarab o'zgarishi mumkin
- Birinchi konsultatsiya bepul
- Tajribali mutaxassislar
- Onlayn yoki klinikada qabul
Muolajalar va xususiyatlar ro'yxati:
- Yurak ritmi, chastotasi va o'tkazuvchanlik buzilishlarini (aritmiya, ekstrasistoliya, blokadalar) aniqlash
- Miyokard ishemik kasalliklari va o'tkir infarkt belgilarini barvaqt tashxislash
- Yurak bo'lmachalari va qorinchalari gipertrofiyasini baholash
- Elektrolitlar muvozanati buzilishi hamda dori preparatlari ta'sirini monitoring qilish
- Profilaktik va operatsiyadan oldingi kompleks EKG tekshiruvi
- Bolalar va kattalar uchun tezkor, og'riqsiz va mutlaqo xavfsiz diagnostika
- Toshkentning tajribali kardiologi tomonidan elektrokardiogrammani darhol shifrlash
Xizmat ko'rsatish jarajonlari
Klinikamizda barcha tekshiruv va davolash jarayonlari zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida, xalqaro sifat standartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Har bir bemor uchun aniq tashxis va xavfsizlikni kafolatlaymiz.
NS Medical Funktsional Diagnostika Bo'limi
EKG (elektrokardiografiya) — bu yurak mushaklarining elektr faoliyatini qayd etishga asoslangan eng keng tarqalgan, qulay va zaruriy diagnostika usulidir. NS Medical klinikasida 1998-yildan buyon zamonaviy ko'p kanalli kardiograflar yordamida yurak-qon tomir tizimi holati daqiqalar ichida baholanadi.
EKG tekshiruvi ko'krak qafasidagi og'riqlar, entikish, yuqori qon bosimi, bosh aylanishi hamda yurak urishining tezlashishi kabi simptomlarda birinchi navbatda o'tkazilishi shart bo'lgan muolajadir. Shuningdek, rejalashtirilgan operatsiyalar va umumiy tibbiy ko'riklar (chekup) tarkibiga majburiy ravishda kiradi.
Ko'p beriladigan savollar (FAQs)
EKG tekshiruvidan oldin qanday tayyorgarlik ko'rish kerak?
Maxsus tayyorgarlik shart emas. Muolajadan 15-20 daqiqa oldin xotirjam holda dam olish, kofe, energetik va spirtli ichimliklar ichmaslik hamda jismoniy zo'riqishlardan qochish tavsiya etiladi.
EKG natijalari va shifrlash qancha vaqtda tayyor bo'ladi?
EKG lenti va kardiolog shifokorning rasmiy xulosasi muolaja tugagach 5–10 daqiqa ichida bemorga taqdim etiladi.
EKGni qanchalik tez-tez topshirish mumkin?
EKG mutlaqo xavfsiz va nojo'ya nurlanishsiz muolaja bo'lgani uchun uni shifokor ko'rsatmasi bo'yicha cheklanmagan miqdorda va har qanday yoshda takrorlash mumkin.