Davolash Blokadasi: Surunkali Og'riqlardan Tezkor Xalos Bo'ling
NS Medical klinikasida davolash blokadasi 1998-yildan beri o'tkir og'riq sindromlarini bartaraf etishning eng samarali usuli hisoblanadi.
Biz 99% muvaffaqiyatli natijalar bilan umurtqa va bo'g'imlardagi og'riqlarni bitta inyeksiyada to'xtatamiz.
Bir martalik konsultatsiya uchun boshlang'ich narx
Narx mutaxassis va muolaja turiga qarab o'zgarishi mumkin
- Birinchi konsultatsiya bepul
- Tajribali mutaxassislar
- Onlayn yoki klinikada qabul
Muolajalar va xususiyatlar ro'yxati:
- Umurtqa pog'onasi blokadasi (grija va radikulitda)
- Paravertebral blokada (nerv ildizlari og'rig'ida)
- Bo'g'im ichi inyeksiyalari (artrit va artrozda)
- Periferik nervlar va chigallar blokadasi
- O'tkir nevralgiya va mushak og'riqlarini davolash
- Sterillikning 100% kafolati va bir martalik asboblar
- Dori vositalarini bevosita og'riq o'chog'iga yuborish
- Muolajadan so'ng statsionar sharoitida qisqa muddatli nazorat
Xizmat ko'rsatish jarajonlari
Klinikamizda barcha tekshiruv va davolash jarayonlari zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida, xalqaro sifat standartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Har bir bemor uchun aniq tashxis va xavfsizlikni kafolatlaymiz.
NS Medical Davolash blokadasi jamoasi
Davolash blokadasi — bu dori vositalarini (og'riqsizlantiruvchi va yallig'lanishga qarshi) to'g'ridan-to'g'ri patologik o'choqqa, ya'ni og'riq manbaiga yuborishdir. NS Medical klinikasida ushbu muolaja tajribali nevrologlar va jarrohlar tomonidan amalga oshiriladi.
25 yillik tajribamiz shuni ko'rsatadiki, blokada dori-darmonlar bilan davolash foyda bermagan hollarda ham tezkor natija beradi. Muolaja bor-yo'g'i bir necha daqiqa davom etadi va og'riqni darhol pasaytiradi, natijada bemorning harakatlanish qobiliyati tiklanadi.
Bizning ustunliklarimiz:
- Og'riqsizlantiruvchi va yallig'lanishga qarshi dorilarni to'g'ridan-to'g'ri og'riq manbaiga yuborish
- Tajribali nevrologlar va jarrohlar tomonidan amalga oshirilishi
- 25 yillik amaliy tajriba
- Dori-darmonlar samara bermagan hollarda ham tezkor natija
- Xalqaro standartlarga javob beruvchi sertifikatlangan dori vositalaridan foydalanish
Ko'p beriladigan savollar (FAQs)
Blokada muolajasi og'riqlimi?
Inyeksiya oddiy ukol kabi seziladi. Muolaja oldidan soha mahalliy anesteziya qilinishi mumkin, shuning uchun jarayon deyarli og'riqsiz kechadi.
Natija qancha vaqt saqlanadi?
Blokadaning ta'siri bir necha kundan bir necha oygacha davom etishi mumkin, bu kasallikning og'irlik darajasiga bog'liq.
Blokadadan keyin darhol uyga ketish mumkinmi?
Ha, muolajadan so'ng 15-20 daqiqa shifokor nazoratida bo'lgach, bemor odatdagi hayot tarziga qaytishi mumkin.