Ingalyatsiya: Nafas Yo'llari va LOR Kasalliklarini Samarali Davolash
Ingalyatsiya — bu dori yoki foydali bug‘larni nafas orqali qabul qilish usuli bo‘lib, asosan nafas yo‘llarini davolashda qo‘llaniladi.
Bir martalik konsultatsiya uchun boshlang'ich narx
Narx mutaxassis va muolaja turiga qarab o'zgarishi mumkin
- Birinchi konsultatsiya bepul
- Tajribali mutaxassislar
- Onlayn yoki klinikada qabul
Muolajalar va xususiyatlar ro'yxati:
- Foydasi: Nafas yo‘llarini namlaydi va yumshatadi
- Foydasi: Balg‘amni suyultirib, chiqarishni osonlashtiradi
- Foydasi: Yo‘talni kamaytiradi
- Foydasi: Burun bitishini ochadi
- Foydasi: Yallig‘lanishni kamaytiradi
- Foydasi: Nafas olishni yengillashtiradi
- Qaysi holatlarda foydali: shamollash, bronxit, astma, sinusit
- Qanday ishlaydi: Ingalyatsiya paytida issiq yoki sovuq bug‘ nafas yo‘llariga kirib, ularni tozalaydi va dorining bevosita zararlangan joyga yetib borishiga yordam beradi.
Xizmat ko'rsatish jarajonlari
Klinikamizda barcha tekshiruv va davolash jarayonlari zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida, xalqaro sifat standartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Har bir bemor uchun aniq tashxis va xavfsizlikni kafolatlaymiz.
NS Medical Ingalyatsiya jamoasi
Ingalyatsiya — bu dori vositalarini aerozol ko'rinishida nafas yo'llariga yuborishning eng samarali usulidir. NS Medical klinikasida qo'llaniladigan zamonaviy nebulayzerlar dori zarralarini o'ta mayda ko'rinishga keltirib, ularni o'pkaning eng chekka qismlariga ham yetib borishini ta'minlaydi.
Ushbu usulning asosi afzalligi shundaki, dori vositasi qon aylanish tizimini chetlab o'tib, darhol kasallik o'chog'iga ta'sir qiladi. Bu esa o'z navbatida davolash muddatini qisqartiradi va nojo'ya ta'sirlar xavfini kamaytiradi. Pediatriya va LOR yo'nalishida har bir bemorga individual yondashuv va aniq dozalashni kafolatlaydi.
Ko'p beriladigan savollar (FAQs)
Ingalyatsiya muolajasi necha yoshdan mumkin?
Zamonaviy nebulayzerlar yordamida ingalyatsiya muolajasini go'daklik davridan boshlab barcha yoshdagi bolalar uchun qo'llash mumkin.
Bitta seans qancha davom etadi?
Odatda bir seans dori miqdori va bemorning nafas olish tezligiga qarab 5 tadan 10 daqiqagacha davom etadi.
Ingalyatsiyadan so'ng nimalarga amal qilish kerak?
Muolajadan keyin 30-60 daqiqa davomida ovqatlanmaslik, suv ichmaslik va ko'chaga (sovuq havoga) chiqmaslik tavsiya etiladi.