Kolposkopiya: Bachadon Bo'yni Kasalliklarini Zamonaviy Videokolposkopik Diagnostikasi
NS Medical klinikasining ginekologiya bo'limi bachadon bo'yni, qin va tashqi jinsiy a'zolar shilliq qavatini ko'p marotaba kattalashtirib ko'rsatuvchi videokolposkopiya tekshiruvini taklif etadi. Kasalliklarni va saraton oldi o'zgarishlarini ilk bosqichda aniqlash uchun xavfsiz va aniq diagnostika.
Bir martalik konsultatsiya uchun boshlang'ich narx
Narx mutaxassis va muolaja turiga qarab o'zgarishi mumkin
- Birinchi konsultatsiya bepul
- Tajribali mutaxassislar
- Onlayn yoki klinikada qabul
Muolajalar va xususiyatlar ro'yxati:
- Kengaytirilgan videokolposkopiya (sirka kislotasi va Lyugol eritmasi bilan sinovlar o'tkazish)
- Bachadon bo'yni eroziyasi, ektopiya va leykoplakiyani barvaqt diagnostika qilish
- Displaziya (CIN I, II, III) va saraton oldi patologik o'zgarishlarini aniqlash
- Inson papilloma virusi (VPCh) keltirib chiqargan kondiloma va papillomalarni aniqlash
- Zarur hollarda kolposkop nazorati ostida maqsadli biopsiya va sitologik surma (PAP-test) olish
- Raqamli video-tasvirlash va natijalarni monitorda bemorga namoyish etish hamda saqlash
- Ayo'llar salomatligi uchun mutlaqo og'riqsiz, xavfsiz va kontaktsiz tekshiruv
Xizmat ko'rsatish jarajonlari
Klinikamizda barcha tekshiruv va davolash jarayonlari zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida, xalqaro sifat standartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Har bir bemor uchun aniq tashxis va xavfsizlikni kafolatlaymiz.
NS Medical Ginekologiya Bo'limi
Kolposkopiya (videokolposkopiya) — bu ginekologiyada bachadon bo'yni va qin shilliq qavatini maxsus optik apparat (kolposkop) yordamida ko'p marotaba (10-40 marta) kattalashtirib tekshirishning eng samarali usulidir. NS Medical klinikasida 1998-yildan buyon eng so'nggi avlod raqamli videokolposkoplari yordamida yuqori aniqlikdagi ginekologik diagnostika o'tkazib kelinmoqda.
Kengaytirilgan kolposkopiya davomida shilliq qavatga maxsus xavfsiz reagentlar ishlov beriladi, bu esa sog'lom to'qimalarni patologik o'zgargan (displaziya, eroziya, saraton oldi) o'choqlardan aniq ajratib olish imkonini beradi. Bemor o'z holatini ekranda ko'rishi mumkin, bu esa davolash jarayonini to'liq shaffof va ishonchli qiladi.
Ko'p beriladigan savollar (FAQs)
Kolposkopiya tekshiruvi og'riq beradimi?
Yo'q, kolposkopiya mutlaqo og'riqsiz va noinvaziv muolajadir. U oddiy ginekologik ko'rikka o'xshash kechadi va atigi 10-15 daqiqa vaqt oladi.
Kolposkopiyaga hayz siklining qaysi kunlarida kelgan ma'qul?
Tekshiruvni hayz tugagandan so'ng (siklining 5-10 kunlari) o'tkazish eng maqbul vaqt hisoblanadi. Hayz ko'rish davrida muolaja o'tkazilmaydi.
Tekshiruvdan oldin qanday tayyorgarlik ko'rish kerak?
Muolajadan 24-48 soat oldin jinsiy aloqadan saqlanish, vaginal shamchalar, gel va spritsevanielardan foydalanmaslik tavsiya etiladi.