Dermatologiya: Teri, Soch va Tirnoq Kasalliklarini Zamonaviy Diagnostika va Davolash
NS Medical klinikasining dermatologiya bo'limi teri, soch va tirnoq kasalliklarini barvaqt aniqlash hamda kompleks davolashga ixtisoslashgan. Tajribali dermatologlarimiz teringizning go'zalligi, salomatligi va toza ko'rinishini tiklashga yordam beradi.
Bir martalik konsultatsiya uchun boshlang'ich narx
Narx mutaxassis va muolaja turiga qarab o'zgarishi mumkin
- Birinchi konsultatsiya bepul
- Tajribali mutaxassislar
- Onlayn yoki klinikada qabul
Muolajalar va xususiyatlar ro'yxati:
- Dermatolog konsultatsiyasi va dermatoskopiya orqali terini chuqur tekshirish
- Akne (husnbuzar toshmalari) va postakne asoratlarini kompleks davolash
- Surunkali teri kasalliklari (psoriaz, ekzema, neyrodermit, dermatitlar) terapiyasi
- Teri va tirnoqlarning zamburug'li zararlanishlarini (mikozi) davolash
- Allergik teri toshmalari, eshakem (krapivnica) va qichishishni bartaraf etish
- Bosh terisi kasalliklari, qazg'oq (seboreya) va soch to'kilishini diagnostika qilish
- Xol va teridagi yangi hosilalarning xavfsizligini optik dermatoskop ostida baholash
Xizmat ko'rsatish jarajonlari
Klinikamizda barcha tekshiruv va davolash jarayonlari zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida, xalqaro sifat standartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Har bir bemor uchun aniq tashxis va xavfsizlikni kafolatlaymiz.
NS Medical Dermatologiya Bo'limi
Teri — bu inson organizmining eng katta a'zosi bo'lib, uning ichki salomatligi va umumiy holatini aks ettiradi. NS Medical klinikasining dermatologiya bo'limida 1998-yildan buyon bemorlarga har xil turdagi teri va shilliq qavat kasalliklarini aniqlash hamda samarali davolashda professional yordam ko'rsatib kelinmoqda.
Klinikamizda zamonaviy optik dermatoskopiya va keng ko'lamli laboratoriya diagnostikasi mavjudligi sababli teri patologiyalarining aniq sababi tezda aniqlanadi. Dermatologlarimiz har bir bemorga individual yondashib, dori terapiyasi, parhez va maxsus parvarish vositalarini moslab beradilar.
Ko'p beriladigan savollar (FAQs)
Dermatoskopiya tekshiruvi og'riq beradimi va u xavfsizmi?
Dermatoskopiya mutlaqo og'riqsiz, xavfsiz va kontaktsiz optik tekshiruv usulidir. U xollar va teri hosilalarining strukturasini ko'p marta kattalashtirib ko'rish imkonini beradi.
Akne (husnbuzar) kasalligini butunlay davolasa bo'ladimi?
Ha, to'g'ri va bosqichma-bosqich yondashuv, gormonal hamda hazm tizimi omillarini inobatga olgan holda akneni to'liq nazorat qilish va terini tozalash mumkin.
Tirnoq zamburug'ini (mikoz) faqat surtma dori bilan davolasa bo'ladimi?
Zamburug' infeksiyasi ko'pincha tirnoqning chuqur qatlamlariga kirib boradi, shuning uchun dermatolog tayinlagan kompleks (tashqi va ichki) davolash kursi talab etiladi.