Otorinolaringologik (LOR) Operatsiyalar: Quloq, Burun va Tomoq Kasalliklarini Zamonaviy va Endoskopik Davolash
NS Medical klinikasining LOR-jarrohlik bo'limi burun, tomoq va quloq kasalliklarini davolashda eng zamonaviy endoskopik, lazerli hamda radioto'lqinli operatsiyalarni taklif etadi. Tajribali LOR-jarrohlarimiz nafas olishni va eshitishni tezkor hamda og'riqsiz tiklashga yordam beradi.
Bir martalik konsultatsiya uchun boshlang'ich narx
Narx mutaxassis va muolaja turiga qarab o'zgarishi mumkin
- Birinchi konsultatsiya bepul
- Tajribali mutaxassislar
- Onlayn yoki klinikada qabul
Muolajalar va xususiyatlar ro'yxati:
- Septoplastika (burun to'sig'ining qiyshayishini to'g'rilash va nafas olishni tiklash)
- Endoskopik sinusektomiya hamda gaymorotomiya (gaymorit, frontit va etmoiditni davolash - FESS)
- Tonzillektomiya (surunkali tonzillitda tanglay bodomsimon bezlarini olib tashlash)
- Adenotomiya / Adenoidektomiya (bolalarda va kattalarda adenoidlarni endoskopik olib tashlash)
- Vasotomiya va konxotomiya (vazomotor rinit hamda dori vositalariga bog'liq rinitni davolash)
- Timpanoplastika va shuntlash (quloq parda teshilishini yopish va eshitishni tiklash)
- Burun va tomoq poliplari hamda hosilalarini lazer / radioto'lqin orqali kam invaziv yo'qotish
Xizmat ko'rsatish jarajonlari
Klinikamizda barcha tekshiruv va davolash jarayonlari zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida, xalqaro sifat standartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Har bir bemor uchun aniq tashxis va xavfsizlikni kafolatlaymiz.
NS Medical LOR-Jarrohlik Bo'limi
Quloq, burun va tomoq a'zolarining patologiyalari nafaqat erkin nafas olish va eshitishga, balki bosh miyaning kislorod bilan ta'minlanishiga, uyqu sifatiga hamda umumiy immun tizimiga bevosita ta'sir qiladi. NS Medical klinikasida 1998-yildan buyon LOR operatsiyalari eng so'nggi rusumdagi endoskopik HD-videotizimlar va lazer uskunalarida o'tkazib kelinmoqda.
Klinikamizda o'tkaziladigan funktsional endoskopik sinus jarrohligi (FESS) va kam invaziv LOR amaliyotlari tashqi kesmalarsiz, to'g'ridan-to'g'ri tabiiy teshiklar orqali amalga oshiriladi. Bu esa to'qimalarning minimal darajada jarohatlanishini, operatsiyadan keyingi shish hamda og'riqlarning kamligini va bemorning odatiy hayotga tez fursatda qaytishini ta'minlaydi.
Malakali shifokorlar jamoasi
Sin Artur Paulovich
Lor Jarroh
Sergeli filiali
Abdulazizovich Ismoil
Lor Jarroh shifokor
Uchtepa filiali
Ko'p beriladigan savollar (FAQs)
Septoplastika operatsiyasidan so'ng shish va ko'karishlar bo'ladimi?
Zamonaviy endoskopik va kam invaziv septoplastika usulida yuzda ko'karishlar yoki sezilarli shishlar bo'lmaydi. Burun to'sig'i ichki tomondan to'g'rilanadi.
Adenoid va tonzillalarni endoskopik olib tashlashning afzalligi nimada?
Endoskop visual nazorati ostida gipertrofiyalangan to'qima to'liq va aniq olib tashlanadi, bu esa kasallikning qaytadan o'sib chiqishi (retsidiv) xavfini nolga tushiradi.
LOR operatsiyalari qanday anesteziya ostida bajariladi?
Bemorning qulayligi va xavfsizligi uchun operatsiyalar zamonaviy umumiy anesteziya (narkoz) yoki mahalliy og'riqsizlantirish ostida o'tkaziladi.