Urologiya: Siydik-Tanosil Tizimi va Erkaklar Salomatligini Davolash
NS Medical klinikasining urologiya bo'limi siydik yo'llari va erkaklar jinsiy a'zolari kasalliklarini barvaqt aniqlash hamda samarali davolashga ixtisoslashgan. Bizda prostatit, buyrak toshlari, adenoma va bepushtlik muammolari tajribali urolog-androloglar tomonidan davolanadi.
Bir martalik konsultatsiya uchun boshlang'ich narx
Narx mutaxassis va muolaja turiga qarab o'zgarishi mumkin
- Birinchi konsultatsiya bepul
- Tajribali mutaxassislar
- Onlayn yoki klinikada qabul
Muolajalar va xususiyatlar ro'yxati:
- O'tkir va surunkali prostatitni kompleks apparatli hamda dori-darmonli davolash
- Prostata bezi adenomasini konservativ (operatsiyasiz) davolash
- Buyrak va siydik pufagi tosh kasalliklarini (siyidik-tosh kasalligi) diagnostika va davolash
- Erkaklar bepushtligi hamda gormonal buzilishlarni bartaraf etish
- Tsistit, uretrit va siydik yo'llari infeksiyalarini ayollar va erkaklarda davolash
- Potensiya va erektil disfunksiyani tiklash muolajalari
- Urologik UZD (TRUZI) va laborator infeksiya tahlillari
Xizmat ko'rsatish jarajonlari
Klinikamizda barcha tekshiruv va davolash jarayonlari zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida, xalqaro sifat standartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Har bir bemor uchun aniq tashxis va xavfsizlikni kafolatlaymiz.
NS Medical Urologiya Bo'limi
Siydik-tanosil tizimi kasalliklari inson hayot sifatiga va ruhiy holatiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. NS Medical klinikasining urologiya bo'limi 1998-yildan buyon bemorlarga xalqaro standartlar asosida mutlaqo konfidentsial (sir saqlangan holda) va yuqori samarali tibbiy yordam ko'rsatib kelmoqda. Bizning mutaxassislarimiz kasallik sabablarini chuqur tahlil qilib, har bir bemorga individual davolash rejasini tuzadilar.
Klinikamizda zamonaviy ultratovush (TRUZI) va laborator diagnostika bazasi mavjud bo'lib, bu prostata bezi, buyraklar va siydik pufagi holatini maksimal aniqlikda baholash imkonini beradi. O'z vaqtida urologga murojaat qilish og'ir asoratlar va jarrohlik amaliyotlarining oldini oladi.
Malakali shifokorlar jamoasi
Shamsiyev Dilshod
Urolog
Nefrolog shifokor
Sergeli filiali
Ko'p beriladigan savollar (FAQs)
Urolog qabuliga tayyorgarlik ko'rish kerakmi?
Agar siydik pufagi va buyraklar UZDsi rejalashtirilgan bo'lsa, qabulga siydik pufagi to'la holda kelish tavsiya etiladi. Shuningdek, qon va siydik tahlillari uchun och qoringa kelgan ma'qul.
Surunkali prostatitni to'liq davolasa bo'ladimi?
O'z vaqtida murojaat qilinsa va to'g'ri kompleks terapiya (dori-darmon, fizioterapya) qo'llanilsa, uzoq muddatli va barqaror remissiyaga erishish va barcha noxush alomatlarni yo'qotish mumkin.
Urologga ayollar ham murojaat qiladimi?
Ha, urolog nafaqat erkaklar, balki ayollardagi siydik yo'llari kasalliklarini (tsistit, pielonefrit, siydik tutolmaslik) ham diagnostika va davolash bilan shug'ullanadi.