Ortopediya va Travmatologiya: Bo'g'imlar, Suyaklar va Tayanch-Harakat Tizimini Davolash
NS Medical klinikasining ortopediya va travmatologiya bo'limi bo'g'imlar, suyaklar hamda boylamlar kasalliklarini diagnostika qilish va davolashga ixtisoslashgan. Yuqori malakali ortoped-xirurglarimiz zamonaviy dori-darmon, intraartikulyar (bo'g'im ichi) in'yeksiyalar va minimal invaziv usullar orqali harakat erkinligingizni tiklaydi.
Bir martalik konsultatsiya uchun boshlang'ich narx
Narx mutaxassis va muolaja turiga qarab o'zgarishi mumkin
- Birinchi konsultatsiya bepul
- Tajribali mutaxassislar
- Onlayn yoki klinikada qabul
Muolajalar va xususiyatlar ro'yxati:
- Bo'g'im kasalliklarini (artroz, gonartroz, koksartroz, artrit) kompleks diagnostikasi va davolash
- Bo'g'im ichiga gialuron kislotasi va dori vositalarini yuborish (intraartikulyar in'yeksiyalar)
- PRP-terapiya (plazmolifting) — tog'ay to'qimalari va paylarni trombotsitlarga boy plazma bilan tiklash
- Jarohatlar, suyak sinishlari va pay uzilishlaridan keyingi reabilitatsiya va jarrohlik
- Oshoq-poynak (tovon spora) va "valgus" deformatsiyasini (bosh barmoq suyak o'sishi) davolash
- Bo'g'im punksiyasi va yallig'lanish suyuqliklarini olib tashlash
- Umurtqa pog'onasi hamda qadd-qomat buzilishlarini (skolioz, kifoz) korreksiya qilish
Xizmat ko'rsatish jarajonlari
Klinikamizda barcha tekshiruv va davolash jarayonlari zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida, xalqaro sifat standartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Har bir bemor uchun aniq tashxis va xavfsizlikni kafolatlaymiz.
NS Medical Ortopediya va Travmatologiya Bo'limi
Harakat erkinligi va og'riqsiz hayot inson salomatligining muhim omilidir. NS Medical klinikasining ortopediya-travmatologiya bo'limi 1998-yildan buyon tayanch-harakat tizimi kasalliklaridan aziyat chekayotgan bemorlarga xalqaro standartlar asosida professional yordam ko'rsatib kelmoqda. Bizning shifokorlarimiz bo'g'im og'riqlari va jarohatlar sababini aniqlashda kompleks yondashuvni qo'llaydilar.
Klinikamizda zamonaviy rengten, MSKT hamda UZD diagnostika uskunalaridan foydalaniladi. Minimal invaziv bo'g'im ichi in'yeksiyalari, PRP-terapiya va individual tiklanish dasturlari jarrohlik amaliyotiga ehtiyoj qoldirmasdan, kasallikni erta bosqichda to'xtatish va to'qimalarni regeneratsiya qilish imkonini beradi.
Malakali shifokorlar jamoasi
Baxodir Aliqulovich
Travmatolog-Ortoped shifokor
Uchtepa filiali
Ko'p beriladigan savollar (FAQs)
PRP-terapiya nima va u bo'g'imlarga qanday yordam beradi?
PRP-terapiya — bemorning o'z qonidan ajratib olingan trombotsitlarga boy plazmani bo'g'im ichiga yuborishdir. U tog'ay to'qimasini tiklaydi, yallig'lanish va og'riqni tezda qoldiradi.
Bo'g'imlardagi og'riqlarda qachon ortoped-xirurgga uchrash kerak?
Bo'g'imlarda qirsillash, shish, harakatlanishda og'riq yoki cheklanishlar, tovon va tizza og'riqlari kuzatilganda zudlik bilan shifokor ko'rigidan o'tish tavsiya etiladi.
Bo'g'im ichiga gialuron kislotasi in'yeksiyasi qanchalik xavfsiz?
Muolaja mutaxassis tomonidan ultratovush nazorati ostida amalga oshiriladi, bu tamoman xavfsiz bo'lib, bo'g'im ishqalanishini kamaytiradi va og'riqni uzoq muddatga yo'qotadi.