Gastroenterologiya: Oshqozon-Ichak Trakti Kasalliklarini Zamonaviy Diagnostika va Davolash
NS Medical klinikasining gastroenterologiya bo'limi oshqozon, ichak, jigar, o't pufagi va me'da osti bezi kasalliklarini barvaqt aniqlash hamda kompleks davolashga ixtisoslashgan. Tajribali gastroenterologlarimiz hazm qilish tizimi salomatligini tiklashda yordam beradi.
Bir martalik konsultatsiya uchun boshlang'ich narx
Narx mutaxassis va muolaja turiga qarab o'zgarishi mumkin
- Birinchi konsultatsiya bepul
- Tajribali mutaxassislar
- Onlayn yoki klinikada qabul
Muolajalar va xususiyatlar ro'yxati:
- Gastroenterolog konsultatsiyasi va hazm qilish tizimi faoliyatini kompleks baholash
- Oshqozon va o'nikki barmoqli ichak yarasi hamda surunkali gastritni davolash
- Gastroesofageal refluqs (GERB), jig'ildoq qaynashi va kekirish muammolarini bartaraf etish
- Jigar va o't yo'llari kasalliklari (gepatoz, xoletsistit, safro dimlanishi) terapiyasi
- Me'da osti bezi kasalliklari (surunkali pankreatit) va fermentativ yetishmovchilikni davolash
- Surunkali kolit, ta'sirlangan ichak sindromi (TIS) va disbakterioz korreksiyasi
- Helicobacter pylori (Xelikobakter) infeksiyasini aniqlash va eradikatsiya terapiyasi
Xizmat ko'rsatish jarajonlari
Klinikamizda barcha tekshiruv va davolash jarayonlari zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida, xalqaro sifat standartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Har bir bemor uchun aniq tashxis va xavfsizlikni kafolatlaymiz.
NS Medical Gastroenterologiya Bo'limi
Hazm qilish tizimining to'g'ri ishlashi butun organizmning umumiy salomatligi va hayot sifatining kalitidir. NS Medical klinikasining gastroenterologiya bo'limi 1998-yildan buyon bemorlarga oshqozon-ichak trakti kasalliklarini barvaqt va aniq diagnostika qilish hamda samarali davolashda yordam berib kelmoqda.
Klinikamizda zamonaviy ultratovushli diagnostika (UZD), laboratoriya tahlillari va endoskopik tekshiruvlar asosida aniq tashxis qo'yiladi. Gastroenterologlarimiz xalqaro davolash protokollari hamda individual parhez va dori terapiyasi asosida oshqozon va ichak salomatligini tez hamda asoratsiz tiklashni ta'minlaydilar.
Ko'p beriladigan savollar (FAQs)
Gastroenterolog qabuliga kelishdan oldin tayyorgarlik ko'rish kerakmi?
Birlamchi qabul uchun maxsus tayyorgarlik shart emas. Ammo qorin bo'shlig'i UZD tekshiruvi hamda tahlillar rejalashtirilgan bo'lsa, qabulga 6–8 soat och qoringa kelish tavsiya etiladi.
Helicobacter pylori infeksiyasi qanday aniqlanadi va uni davolash shartmi?
Ushbu infeksiya qon, ahlat tahlili yoki nafas testi orqali aniqlanadi. U oshqozon yarasi va gastritning asosiy sababchisi bo'lgani uchun shifokor tavsiyasi bilan maxsus antibiotik terapiyasi o'tkazilishi zarur.
Ta'sirlangan ichak sindromi (TIS) qanday alomatlar bilan namoyon bo'ladi?
Qorinda dam bo'lish, muntazam og'riqlar hamda ich qotishi yoki ich ketishining navbatlashishi TISning asosiy belgilari hisoblanadi.