Endokrinologiya: Gormonal Salomatlik va Moddalar Almashinuvini Tiklash

NS Medical klinikasining endokrinologiya bo'limi gormonal buzilishlar va moddalar almashinuvi kasalliklarini barvaqt aniqlash hamda samarali davolashga ixtisoslashgan. Biz qalqonsimon bez, qandli diabet, ortiqcha vazn va boshqa gormonal muammolarda kompleks tibbiy yordam ko'rsatamiz.

Bir martalik konsultatsiya uchun boshlang'ich narx

dan 170 000 so'm

Narx mutaxassis va muolaja turiga qarab o'zgarishi mumkin

  • Birinchi konsultatsiya bepul
  • Tajribali mutaxassislar
  • Onlayn yoki klinikada qabul

Muolajalar va xususiyatlar ro'yxati:

  • Qalqonsimon bez kasalliklarini (gipoterioz, giperterioz, tugunli zob) diagnostikasi va davolash
  • 1 va 2-tur qandli diabet nazorati va individual davolash rejasini tuzish
  • Semizlik va vazn ortishi bo'yicha kompleks endokrinologik tekshiruv va korreksiya
  • Barcha turdagi gormonlar tahlili va laborator diagnostika (T3, T4, TSH, insulin va b.)
  • Ayollardagi gormonal disbalans hamda endokrin sababli bepushtlikni davolash
  • Buyrak usti bezi va gipofiz gormonal patologiyalarini aniqlash
  • Qalqonsimon bez UZD va qon tomirlar dopplerografiyasi bilan birgalikdagi diagnostika

NS Medical Endokrinologiya Bo'limi

Endokrin tizim inson organizmidagi barcha hayotiy jarayonlarni va moddalar almashinuvini boshqaruvchi asosiy tizimlardan biridir. NS Medical klinikasining endokrinologiya bo'limi 1998-yildan buyon gormonal muammolardan aziyat chekayotgan bemorlarga xalqaro tibbiyot standartlari asosida professional yordam ko'rsatib kelmoqda. Bizning mutaxassislarimiz nafaqat alomatlarni bosish, balki kasallikning tub sabablarini aniqlash va bartaraf etishga alohida e'tibor qaratadi.

Klinikamizda zamonaviy ultratovush diagnostikasi (UZD) va yuqori aniqlikdagi laboratoriya mavjud bo'lib, bu gormonal tahlil natijalarini qisqa fursatda olish imkonini beradi. Qalqonsimon bez tugunlari, qandli diabet asoratlari hamda gormonal o'zgarishlar o'z vaqtida aniqlansa, jarrohlik amaliyotisiz va og'ir asoratlarsiz davolanish ko'rsatkichlari sezilarli darajada yuqori bo'ladi.

Malakali shifokorlar jamoasi

Xudoyor Adxamovich

Xudoyor Adxamovich

Tibbiyot fanlari doktori
Endokrinolog shifokor

Uchtepa filiali

Umida Nasriddinovna

Umida Nasriddinovna

Endokrinolog shifokor

Beruniy filiali

Ko'p beriladigan savollar (FAQs)

Qalqonsimon bez gormon tahlillariga qanday tayyorgarlik ko'rish kerak?

Qon tahlillari ertalab, mutlaqo och qoringa topshirilishi kerak. Tahlildan oldin jismoniy va emotsional zo'riqishlardan saqlanish hamda shifokor bilan qabul qilinayotgan dori vositalarini maslahatlashish tavsiya etiladi.

Qanday alomatlar bo'lganda endokrinologga uchrash zarur?

Doimiy holsizlik va charchoq, vaznning sababsiz keskin ortishi yoki kamayishi, tomoqda bo'g'ilish hissi, doimiy chanqash, terining quruqlashishi yoki soch to'kilishi kuzatilganda endokrinolog ko'rigidan o'tish lozim.

Qandli diabetni erta bosqichda qanday aniqlash mumkin?

Yiliga kamida bir marta och qoringa qondagi shakar miqdorini va glikatsiyalangan gemoglobin (HbA1c) ko'rsatkichini topshirish orqali kasallikni va uning oldi holatini (prediabet) o'z vaqtida aniqlash mumkin.