Raqamli Rentgen: 24/7 Tezkor va Yuqori aniqlikda Diagnostika
NS Medical markazida raqamli rentgen xizmati tanaffussiz 24/7 ish tartibida ko'rsatiladi.
Zamonaviy uskunalarimiz nurlanishni minimal darajada kamaytirib, 5 daqiqa ichida aniq natijani taqdim etadi. Yakshanba kunlari 20% chegirma mavjud!
Bir martalik konsultatsiya uchun boshlang'ich narx
Narx mutaxassis va muolaja turiga qarab o'zgarishi mumkin
- Birinchi konsultatsiya bepul
- Tajribali mutaxassislar
- Onlayn yoki klinikada qabul
Muolajalar va xususiyatlar ro'yxati:
- 24/7 tanaffussiz ish tartibi (kechasi ham xizmat ko'rsatiladi)
- Raqamli rentgen texnologiyasi (minimal nurlanish)
- Ko'krak qafasi (o'pka) rentgenografiyasi
- Umurtqa pog'onasi (bo'yin, ko'krak, bel) diagnostikasi
- Suyak va bo'g'imlar (shikastlanish va travmalar) rentgeni
- Kalla suyagi (kraniografiya) tekshiruvi
- Natijalarni 5 daqiqa ichida qo'lga olish
- Yakshanba kunlari rentgen xizmati uchun 20% maxsus chegirma
Xizmat ko'rsatish jarajonlari
Klinikamizda barcha tekshiruv va davolash jarayonlari zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida, xalqaro sifat standartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Har bir bemor uchun aniq tashxis va xavfsizlikni kafolatlaymiz.
NS Medical rentgen diagnostikasi bo‘limi
Rentgen diagnostikasi travmatologiya, pulmonologiya va nevrologiya sohalarida eng muhim birlamchi tekshiruv hisoblanadi. NS Medical klinikasida o'rnatilgan raqamli rentgen uskunasi an'anaviy rentgen apparatlariga qaraganda bir necha barobar xavfsizroq bo'lib, tasvirning yuqori sifatini ta'minlaydi.
Bizning markazimizda rentgen xizmati 24 soat davomida ishlaydi, bu esa kutilmagan travmalar yoki tungi vaqtdagi og'riqlarda tezkor yordam olish imkonini beradi.
Ko'p beriladigan savollar (FAQs)
Rentgen nurlanishi xavflimi?
J: Zamonaviy raqamli rentgen apparatlarimizda nurlanish dozasi minimal darajada bo'lib, u inson salomatligi uchun xavfsiz me'yorlarda sozlangan.
Natijalarni qancha kutish kerak?
J: Tasvir tushirilgandan so'ng natija 10-15 daqiqa ichida tayyor bo'ladi.
Rentgen uchun oldindan yozilish shartmi?
J: Yo'q, rentgen xizmati 24/7 navbatlarsiz va tezkor amalga oshiriladi.