Laparoskopik xirurgiya: Zamonaviy va xavfsiz operatsiyalar

NS Medical markazida laparoskopik xirurgiya 1998-yildan buyon zamonaviy yuqori texnologik uskunalar yordamida muvaffaqiyatli amalga oshirib kelinmoqda.

Biz kichik kesmalar orqali murakkab jarrohlik amaliyotlarini bajarib, bemorlarga minimal travma, deyarli chandiqsiz natija va qisqa tiklanish davrini taqdim etamiz. Operatsiyadan so‘ng bemorlar odatda bir necha kun ichida kundalik hayot tarziga qaytishlari mumkin. 25 yildan ortiq jarrohlik tajribasi sizning salomatligingiz va xavfsizligingiz uchun ishonchli kafolatdir.

Bir martalik konsultatsiya uchun boshlang'ich narx

dan 150 000 so'm

Narx mutaxassis va muolaja turiga qarab o'zgarishi mumkin

  • Birinchi konsultatsiya bepul
  • Tajribali mutaxassislar
  • Onlayn yoki klinikada qabul

Muolajalar va xususiyatlar ro'yxati:

  • Laparoskopik xolesistektomiya (o't pufagini olib tashlash)
  • Ginekologik laparoskopiya (kista, mioma va bepushtlikni davolash)
  • Laparoskopik appendektomiya (ko'richak operatsiyasi)
  • Chov va kindik churralarini (grija) laparoskopik bartaraf etish
  • Yuqori aniqlikdagi HD-videotizimli laparoskopik uskunalar
  • Minimal qon yo'qotish va operatsiyadan keyingi og'riqning kamligi
  • Kosmetik natija: chandiqlar deyarli ko'rinmaydi
  • Operatsiyadan keyin 24–48 soat ichida uyga javob berish imkoniyati
  • Statsionar sharoitda 24/7 shifokor nazorati

NS Medical laparoskopik xirurgiya bo‘limi

Laparoskopiya — bu zamonaviy xirurgiyaning eng ilg‘or usullaridan biri bo‘lib, barcha jarrohlik amaliyotlari katta kesmalarsiz, atigi 0,5–1 sm hajmdagi kichik teshiklar orqali amalga oshiriladi. NS Medical klinikasida laparoskopik xirurgiya bo‘limi Germaniya va Yaponiyaning eng so‘nggi texnologiyalari asosidagi zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Bu jarrohlarga ichki a’zolarni monitor orqali bir necha barobar kattalashtirilgan holda ko‘rish va operatsiyalarni yuqori aniqlik bilan bajarish imkonini beradi.

An’anaviy ochiq operatsiyalardan farqli ravishda, laparoskopik usulda asoratlar xavfi ancha past, qon yo‘qotish minimal va tiklanish davri sezilarli darajada qisqaroq bo‘ladi. 1998-yildan buyon NS Medical mutaxassislari minglab muvaffaqiyatli operatsiyalarni amalga oshirib, bemorlarning qisqa muddatda sog‘ayib, odatdagi hayot tarziga qaytishlariga yordam berib kelmoqda.

Ko'p beriladigan savollar (FAQs)

Laparoskopiyadan so'ng chandiqlar qoladimi?

J: Kesmalar juda kichik bo'lgani uchun operatsiyadan so'ng deyarli sezilmaydigan nuqtalar qoladi, ular vaqt o'tishi bilan butunlay yo'qolishi mumkin.

Operatsiyadan keyin qancha vaqt shifoxonada yotish kerak?

J: Aksariyat bemorlar operatsiyadan so'ng keyingi kuniyoq yoki 2 kundan keyin uyga javob beriladi.

Laparoskopiya uchun yosh cheklovi bormi?

J: Yo'q, bu usul bolalar va keksalar uchun ham ochiq jarrohlikka qaraganda ancha yengilroq va xavfsizroq hisoblanadi.