Iglo-terapiya: Sharqona Tabobat va Zamonaviy Nevrologiya Uyg'unligi

NS Medical markazida iglo-terapiya Foydasi:

• Og‘riqlarni kamaytiradi (bel, bo‘yin, bosh og‘rig‘i)
• Asab tizimini tinchlantiradi, stressni kamaytiradi
• Uyquni yaxshilaydi
• Qon aylanishini yaxshilaydi
• Ba’zi kasalliklarda (masalan, migren, artrit) yordam beradi
• Immunitetni mustahkamlashga yordam berishi mumkin

Bir martalik konsultatsiya uchun boshlang'ich narx

dan 70 000 so'm

Narx mutaxassis va muolaja turiga qarab o'zgarishi mumkin

  • Birinchi konsultatsiya bepul
  • Tajribali mutaxassislar
  • Onlayn yoki klinikada qabul

Muolajalar va xususiyatlar ro'yxati:

  • Yuz sohasidagi iglo-terapiya (nevralgiya va kosmetologik maqsadlar uchun)
  • Nevrologik ixtisoslashtirilgan akupunktura
  • Tana bo'ylab umumiy sog'lomlashtiruvchi iglo-terapiya
  • 100% bir martalik va steril kumush/po'lat ignalardan foydalanish
  • Stress va surunkali charchoqni bartaraf etish seanslari
  • Tayanch-harakat tizimi og'riqlarida nuqtali ta'sir qilish
  • Statsionar sharoitda davolanayotgan bemorlar uchun maxsus kurslar
  • 15 yillik tajribaga ega bo'lgan professional mutaxassis nazorati

NS Medical Iglo-terapiya jamoasi

Iglo-terapiya (akupunktura) — bu tana yuzasidagi biologik faol nuqtalarga maxsus ingichka ignalar yordamida ta'sir ko'rsatish usulidir. NS Medical klinikasida ushbu usul sharqona tabobat an'analari va zamonaviy neyrofiziologik bilimlar asosida o'tkaziladi.

1998-yildan buyon bemorlarimizni organizmning ichki imkoniyatlarini ishga solish orqali sog'ayishmoqda. Iglo-terapiya ayniqsa migren, osteoxondroz, yuz nervi falaji va uyqu buzilishlarida yuqori natija beradi. Bizning markazimizda sterillik va xavfsizlikka eng yuqori darajada e'tibor beriladi, har bir seans uchun faqat yangi ignalar ishlatiladi.

Ko'p beriladigan savollar (FAQs)

Iglo-terapiya og'riqlimi?

Ignalar juda ingichka bo'lgani uchun jarayon deyarli og'riqsizdir. Bemor faqat yengil chivin chaqishiga o'xshash sezgini his qilishi mumkin.

Ignalar orqali kasallik yuqishi mumkinmi?

Mutlaqo yo'q. Bizda faqat bir martalik steril ignalar ishlatiladi va ular seansdan so'ng darhol utilizatsiya qilinadi.

Bitta kurs necha seansdan iborat?

Kasallik turiga qarab odatda 10 tadan 12 tagacha seans tavsiya etiladi.