Endoskopik xirurgiya: Zamonaviy va chandiqlarsiz operatsiyalar
NS Medical markazida endoskopik xirurgiya 1998-yildan beri yuqori aniqlikda qo'llanib kelmoqda.
Bu usul an'anaviy operatsiyalardan farqli ravishda, katta kesmalarsiz, maxsus optik uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Bemorlarimiz uchun bu kamroq og'riq, chandiqlarning yo'qligi va bir necha kunda odatdagi hayotga qaytish demakdir.
Bir martalik konsultatsiya uchun boshlang'ich narx
Narx mutaxassis va muolaja turiga qarab o'zgarishi mumkin
- Birinchi konsultatsiya bepul
- Tajribali mutaxassislar
- Onlayn yoki klinikada qabul
Muolajalar va xususiyatlar ro'yxati:
- LOR a'zolari endoskopik jarrohligi (gaymorit, poliplar, burun to'sig'i)
- Ginekologik endoskopik muolajalar
- Urologik endoskopik operatsiyalar
- HD sifatdagi tasvirga ega zamonaviy endoskopik tizimlar
- Minimal qon yo'qotish va to'qimalarning kam jarohatlanishi
- Operatsiyadan keyingi asoratlar xavfining pastligi
- Qisqa muddatli reabilitatsiya davri
- 25 yillik jarrohlik tajribasiga ega bo'lgan mutaxassislar nazorati
Xizmat ko'rsatish jarajonlari
Klinikamizda barcha tekshiruv va davolash jarayonlari zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida, xalqaro sifat standartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Har bir bemor uchun aniq tashxis va xavfsizlikni kafolatlaymiz.
NS Medical Endoskopik xirurgiya jamoasi
Endoskopik xirurgiya — bu jarrohlikning eng zamonaviy va kam jarohat yetkazuvchi yo'nalishidir. NS Medical klinikasida barcha endoskopik amaliyotlar yuqori texnologik videotizimlar nazorati ostida o'tkaziladi.
Bu jarrohga ichki a'zolarni monitorda yuqori aniqlikda ko'rish va operatsiyani zargarlik aniqligida bajarish imkonini beradi. 1998-yildan buyon bizning jarrohlik bo'limimiz minglab muvaffaqiyatli amaliyotlarni o'tkazib, bemorlarning operatsiyadan keyingi og'riqlarini kamaytirish va ularni tezroq oilasi bag'riga qaytarishga intilib kelmoqda. Bizning shiorimiz — minimal aralashuv orqali maksimal natija!
Ko'p beriladigan savollar (FAQs)
Endoskopik operatsiyaning oddiy operatsiyadan afzalligi nimada?
Asosiy afzalligi — katta kesmalarning yo'qligi, natijada og'riq kam bo'ladi va chandiqlar qolmaydi.
Operatsiyadan so'ng qancha vaqt shifoxonada qolish kerak?
Endoskopik usulda o'tkazilgan operatsiyalardan so'ng bemorlar odatda 1-2 kundan keyin uyga javob beriladi.
Endoskopik operatsiya xavfsizmi?
Ha, bu usulda asoratlar va qon yo'qotish xavfi an'anaviy operatsiyalarga qaraganda bir necha barobar past.