Nevrologiya va Neyrofiziologiya,Psixonevrologik kasalliklar diagnostikasi va davolash Kattalar va Bolalar uchun Professional Yordam
Miya va asab tizimidagi muammolarni chuqur diagnostika qilish, to‘g‘ri tashxis qo‘yish hamda kattalar va bolalarda uchraydigan nevrologik muammolarga professional, dunyo tan olgan zamonaviy usullar yordamida yordam ko‘rsatish.
EEG (elektroensefalografiya) va EхоEG (ehoensefalografiya) tekshiruvlari yordamida bosh miya funksional holati va tuzilmasini aniqlash diagnostikasi.
Bir martalik konsultatsiya uchun boshlang'ich narx
Narx mutaxassis va muolaja turiga qarab o'zgarishi mumkin
- Birinchi konsultatsiya bepul
- Tajribali mutaxassislar
- Onlayn yoki klinikada qabul
Muolajalar va xususiyatlar ro'yxati:
- Insult (Cerebrovascular accident) — miya qon aylanishining buzilishi (falaj bo‘lish, qo‘l-oyoq ishlamay qolishi)
- Migren — kuchli bosh og‘rig‘i (tez-tez qaytalanuvchi bosh og‘riqlar)
- Nevrit — asab yallig‘lanishi (asab og‘rib, uvishib qolishi)
- Nevralgiya — asab bo‘ylab og‘riq (keskin, sanchuvchi og‘riqlar)
- Epilepsiya — tutqanoq kasalligi (to‘satdan hushdan ketish, titrash)
- Parkinson kasalligi — harakatning sekinlashishi va qo‘l titrashi (qo‘l-qo‘llarning qaltirashi, yurish qiyinlashishi)
- Altsgeymer kasalligi — xotira pasayishi (unutuvchanlik, qarilikdagi aql susayishi)
- Insomniya — uyqusizlik (uxlay olmaslik yoki tez uyg‘onib ketish)
- Depressiya — ruhiy tushkunlik (kayfiyat tushishi, hayotga qiziqish yo‘qolishi)
- Anksiyete (xavotir buzilishi) — ortiqcha qo‘rquv va xavotir (asabiylik, doimiy bezovtalik)
- Nevroz — asabiy holat buzilishi (tez jahldorlik, charchoq, stress)
- Bosh aylanishi (Vertigo) — muvozanat buzilishi (aylanib ketayotgandek his qilish)
- Polinevropatiya — ko‘p asablarning zararlanishi (qo‘l-oyoqlarda uvishish va kuchsizlanish)
- Perinatal ensefalopatiya — tug‘ruqdan oldin yoki keyin miya shikastlanishi (bola rivojlanishida sustlik, asab tizimi zaifligi)
- Epilepsiya — tutqanoq kasalligi (bola hushidan ketishi, tanasi tortishishi)
- Giperaktivlik sindromi (ADHD) — diqqat yetishmasligi va haddan tashqari harakatchanlik (bola tinch o‘tira olmasligi, tez chalg‘ishi)
- Nutq rivojlanish kechikishi — gapirishni kech boshlash (bola kam gapirishi yoki kech so‘zlashishi)
- Autizm spektr buzilishi — muloqot va xulq-atvor buzilishi (bola odamlar bilan kam aloqa qilishi, o‘ziga berilib qolishi)
- Nevrozlar — asabiy holatlar (qo‘rquv, yig‘loqilik, tez jahldorlik)
- Tics (tiklar) — beixtiyor harakatlar (ko‘z qimirlatish, yuz yoki qo‘lning takroriy harakati)
- Bosh og‘rig‘i (bolalarda migren) — tez-tez bosh og‘rishi (bola boshim og‘riyapti deb shikoyat qiladi)
- Uyqu buzilishlari — yaxshi uxlamaslik (tez uyg‘onish, notinch uyqu)
- Enurez — kechasi siydik ushlab turolmaslik (to‘shakka siyib qo‘yish)
- Asab tizimi rivojlanish kechikishi — umumiy rivojlanish sustligi (kech yurish, kech gapirish)
Xizmat ko'rsatish jarajonlari
Klinikamizda barcha tekshiruv va davolash jarayonlari zamonaviy tibbiy uskunalar yordamida, xalqaro sifat standartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Har bir bemor uchun aniq tashxis va xavfsizlikni kafolatlaymiz.
NS Medical Nevrologiya va Psixonevrologiya jamoasi
NS Medical nevrolog va psixonevrolog shifokorlar jamoasi zamonaviy tibbiyotning eng ilg‘or usullariga tayangan holda bosh miya va asab tizimi kasalliklarini yuqori aniqlik diagnostika qilish va davolashni amalga oshiradi.
EEG va EхоEG tekshiruvlari yordamida bosh miya funksional holati va tuzilmasini aniqlash diagnostikasi.
Biz nevrologik va psixonevrologik muammolarni aniqlash hamda kompleks yondashuv asosida samarali davolashga ixtisoslashganmiz. Har bir bemor uchun individual diagnostika va davolash rejalari ishlab chiqiladi.
Bizning ustunliklarimiz:
- Zamonaviy va dunyo tan olgan nevrologik diagnostika usullari
- Bosh miya va asab tizimi kasalliklarini aniq tashxislash
- Nevrologik va psixonevrologik muammolarni kompleks davolash
- Integrativ yondashuv asosida individual terapiya
- Yuqori darajadagi professionalizm va aniqlik
Malakali shifokorlar jamoasi
Umarova Gulnoza
Nevrolog-Psixonevrolog
ExoEG mutaxassisi
Sergeli filiali
Shahnoza Eshmuminova
Nevropatolog
EEG va EXOEEG mutaxassisi
Uchtepa filiali